Jurnallar
-
TerDU xabarlari
“TerDU xabarlari” jurnali aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar sohalar doiralariga mo‘ljallangan nashr bo‘lib, ushbu sohalardagi ilmiy-amaliy, innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritish, jurnalxonlarning ilmiy-innovatsion axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar sohalar yo‘nalishida chop etiladi.
Bosh muharrir: A.H.Toshqulov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Bosh muharrir o‘rinbosari: A.Shaydullayev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).Mas'ul muharrir: Buzrukova Mohitobon Jamolovna.
Manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko'chasi 43-uy
Muassis: Termiz davlat universiteti
Maqola chop etish formati: online va an'anaviy
Davriyligi: har chorakda 1 marta nashr etiladi
-
Iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning olib borayotgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targ‘ib etish, ilmiy jurnallarni jahon standartlari asosida takomillashtirish, ma’lum ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish maqsadida, “TerDU xabarlari” hamda “Iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar” nomli yangi jurnallar tashkil etildi.
“Iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar” jurnali ijtimoiy va gumanitar sohalar doiralariga mo‘ljallangan nashr bo‘lib, iqtisodiyot sohasidagi ilmiy-amaliy, innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritish, jurnalxonlarning ilmiy-innovatsion axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishlarida chop etiladi.
Bosh muharrir A.H.Toshqulov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Bosh muharrir o‘rinbosari A.Shaydullayev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).Mas'ul muharrir: Abdulxayeva Gulshan Maxmudovna.
Manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko'chasi 43-uy
Muassis: Termiz davlat universiteti
Maqola chop etish formati: online va an'anaviy
Davriyligi: har chorakda 1 marta nashr etiladi