BOYSUN TUMANI BIBISHIRIN QISHLOG‘INING TARIXIY-ETNOGRAFIK TAVSIFI
Kalit so‘zlar:
Bibishirin, Balogardon, Omonxona, Hazrat Sulton Vali, Shirinobod, Safedhoki, Devorbars, Ashurboylar, Rahimboy, ZargariyAbstrak
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Boysun tumani Bibishirin qishlog‘ining tarixiy-etnografik xususiyatlari, an’anaviy xo‘jalik faoliyati hamda zamonaviy madaniy jarayonlari tahlil qilinadi. Xususan, qishloq aholisi hayotida chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilikning o‘rni, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Bibishirin hududida shakllangan urug‘-qabilaviy tarkib va ularning tarixiy kelib chiqishiga oid ma’lumotlar ham ko‘rib chiqiladi.