O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish: Surxondaryo tajribasi
Kalit so‘zlar:
diniy-ma’rifiy siyosat, Surxondaryo, diniy bag‘rikenglik, islom, diniy ta’lim, davlat va din munosabatlari, ma’naviy islohotlar, radikalizmga qarshi kurashAbstrak
Mazkur maqolada O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish jarayonlari Surxondaryo viloyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlatning diniy siyosati, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, diniy ta’lim muassasalari faoliyati va ularning jamiyat barqarorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan tashabbuslar, xalqaro hamkorlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Surxondaryo tajribasi diniy-ma’rifiy siyosatni takomillashtirishda muhim model sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.