OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA GETEROGEN MA’LUMOTLARNI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TAHLIL QILISH: MATEMATIK MODEL VA MAHALLIY YONDASHUV

Mualliflar

  • Jahongir Boltayev, tayanch doktorant Muallif

Kalit so‘zlar:

geterogen ma’lumotlar, sun’iy intellekt, HEMIS, oliy ta’lim, mashinaviy o‘qitish, katta til modellari, ma’lumotlar suvereniteti, ma’lumotlar integratsiyasi

Abstrak

Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida (OTM) HEMIS axborot tizimi, elektron hujjat aylanish platformalari, o‘qitishni boshqarish tizimlari (LMS — Learning Management System) hamda video- va audio-xizmatlar orqali to‘planayotgan geterogen ma’lumotlarni tahlil qilishning matematik modeli ishlab chiqildi. Ma’lumotlar manbalari uchlik orqali formallashtirilib, integratsiya operatori va sun’iy intellekt (Artificial Intelligence, AI) modellarining samaradorlik mezonlari aniq formulalar bilan keltirildi. Mashinaviy o‘qitish (Machine Learning) modellarining qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Shuningdek, ma’lumotlar suvereniteti va shaxsiy ma’lumotlar himoyasi sababli global katta til modellaridan (Large Language Models, LLM) bevosita foydalanishning huquqiy va texnik cheklovlari hamda mahalliy yondashuvning afzalliklari asoslandi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-30

Qanday keltirish kerak

Boltayev, J. (2026). OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA GETEROGEN MA’LUMOTLARNI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TAHLIL QILISH: MATEMATIK MODEL VA MAHALLIY YONDASHUV. TerDU Xabarlari, 1(3), 88-94. https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/133

O'xshash maqolalar

1-10 dan 73

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.