ILK TEMIR DAVRIDA SURXON VOHASI: BANDIXON II YODGORLIGINING YANGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLARI
Kalit so‘zlar:
Surxon vohasi, Bandixon II, ilk temir davri, arxeologik qazishmalar, stratigrafiya, radiokarbon (C14), Yaz madaniyati, sopol buyumlar, xronologiyaAbstrak
Mazkur maqolada ilk temir davrida Surxon vohasining tarixiy-madaniy rivojlanishi Bandixon II yodgorligida 2024-yilda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Qazishmalar jarayonida stratigrafik kuzatuvlar, tipologik tahlillar va radiokarbon (C14) usullari qo‘llanilib, yodgorlikning xronologiyasi va madaniy xususiyatlari aniqlashtirildi. Aniqlangan konstruktiv birliklar, sopol buyumlar va boshqa artefaktlar hududda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy hayot hamda hunarmandchilik darajasi haqida muhim ma’lumot beradi. Tadqiqot natijalari Surxon vohasida ilk temir davri madaniyatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.