O‘RTA OSIYO BRONZA DAVRI IBODATXONA ME’MORCHILIGI: TIPOLOGIK TAHLIL VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Kalit so‘zlar:
O‘rta Osiyo, bronza davri, arxeologik yodgorlik, 3D modellashtirish, ibodatxona me’morchiligi, madaniy meros, geografik axborot tizimi texnologiyalari, Sarazm, Dashli, Gonur-Depe, To‘g‘oloq, Jarqo‘ton, SopollitepaAbstrak
Tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrash zamonaviy arxeologiya fanining eng dolzarb vazifasidir. Tadqiqot doirasida ibodatxonalar mintaqadagi qadimgi jamiyatlar hayotining diniy, ijtimoiy va xo‘jalik jihatlarini o‘zida mujassam etgan murakkab ko‘p vazifali tuzilmalar sifatida tahlil qilinishiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqolada O‘rta Osiyoning bronza davri ibodatxona me’morchiligini har tomonlama o‘rganish va saqlash uchun 3D modellashtirish usullari hamda GIS texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan zamonaviy yondashuvlar qo‘llanilgan. Sarazm, Sopollitepa, Dashli, Gonur-Depe, To‘g‘oloq va Jarqo‘ton kabi muhim arxeologik yodgorliklar misolida raqamli texnologiyalarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi obyektlarni hujjatlashtirish, tahlil qilish va tasvirlashdagi samaradorligi namoyon etilmoqda.
O‘tkazilgan tipologik tahlil bronza davri muqaddas inshootlarini o‘rganishga tizimli yondashuvni ta’minlaydi, bu esa ularning Markaziy Osiyoning qadimgi jamiyatlarida tutgan o‘rnini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Raqamli qayta tiklashning zamonaviy usullaridan foydalanish yo‘qolgan me’moriy unsurlarni aniq qayta yaratish imkonini beradi, shuningdek, madaniy meros obyektlarining rejalashtirish yechimlari, konstruktiv xususiyatlari va ma’noviy jihatlarini batafsil fazoviy tahlil qilish imkonini yaratadi.
Olingan natijalar Markaziy Osiyoning bronza davridagi urbanizatsiya va madaniyat shakllanishi jarayonlarini tushunishda katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, arxeologik merosni saqlashning zamonaviy usullari uchun amaliy qiymatga ham egadir.