OKS VA HIND PIKTOGRAFIK YOZUVLARINING QIYOSIY TAHLILIGA DOIR DASTLABKI MULOHAZALAR
Kalit so‘zlar:
Yozuv, rasmlar, ashyoviy manbalar, piktogrammalar, jetonlar, loyli mitti buyumlar, xatlar, logogrammalar, tasvirlar, “Jarmo haykalchalari”, Oks, HindistonAbstrak
Nutqning ilohiy bog‘lovchi kuchi bu so‘zdir. Xuddi shu omil insoniyatni boshqa mavjudodlardan ajratib bera
oldi. Insoniyat hayotidagi hech bir narsa bir marta aytilgan so‘zning ishonchini kafolatlay olmaydi,
bunga esa bashariyat yozuvni ixtiro qilgandagina erishdi. Yozuvni qaysidir ma’noda sivilizatsiya deb
atasak, qaysidir jarayonda madaniy inqilob deb atasak bo‘ladi. Yozuvning o‘rganilish tarixiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, har bir davrning kashfiyotlari, ixtirolari yozuvni jamiyatdan siqib chiqara olmadi,
aksincha o‘sha ixtirolar taraqqiyoti uchun qayta-qayta yozilgan manbalarga murojat qilishga undadi.
Yozuv tufayli insoniyat o‘z ajdodini angladi, o‘rgandi va kelajak uchun kurash yo‘lini ko‘rsatib bera oldi.
Yozuv insoniyatni jamoaviy birlashishiga imkon bera oldi.Ushbu maqolada yozuvning paydo bo‘lishi
va ayrim hududlar bilan taqqoslash masalasiga yondashilgan.