“AVESTA” NING JAHON TILLARIDAGI TARJIMALARI TAHLILI
Kalit so‘zlar:
Avesta, Avesta tadqiqotlari, Zardushtiylik, qadimgi matnlar, Pahlaviy tarjimalari, kodifikatsiya, Hind-yevropa tillari, yozma manbalar, diniy anʼanalar, ilmiy-texnologik xaritaAbstrak
Mazkur maqolada Avestaning tarkibi, shakllanish tarixi va ilmiy tah-
liliga e’tibor qaratiladi. Avesta – qadimgi Turon va Eron xalqlarining
muqaddas matni boʻlib, u zardushtiylik dinining asosiy manbalaridan biri
hisoblanadi. Tadqiqot davomida Avestaning etimologik kelib chiqishi, til
xususiyatlari, tarixiy shakllanish jarayoni va uning qoʻlyozma anʼanasi
oʻrganiladi. Shuningdek, Sosoniylar davridagi kodifikatsiya jarayonlari,
matnlarning Pahlaviy tarjimalari va Gʻarb olimlari tomonidan qay-
ta tiklangan qoʻlyozmalar tahlil qilinadi. Avestaning diniy, huquqiy va
lingvistik ahamiyati yoritilib, uning Hind-yevropa tillari bilan bogʻliqligi
ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda “Yozma manbalarning ilmiy-texnologik xaritasi” usuli qoʻllanilgan boʻlib, turli tillardagi tarjimalar qiyosiy tahlil
qilingan. Maqolada Avestani ilmiy va til jihatdan chuqur tahlil etish zaru-
rati mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan. Uning qadimgi jamiyat mafkurasi ham-
da diniy anʼanalari haqida muhim maʼlumot berishi asoslangan.