KICHIK BIZNESNING SANOATDAGI ULUSHI HAJMINI ARIMA MODELI YORDAMIDA PROGNOZLASH

Mualliflar

  • Saodat Toshaliyeva Termiz davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

prognoz parametrlari, kichik tadbirkorlik, modellashtirish, iqtisodiy jarayon, Gretl dasturi, ekonometrik modellashtirish

Abstrak

Oʻrganilayotgan mavzuning dolzarbligi kichik tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi hissasini statistik oʻrganish, ularning iqtisodiy oʻsish dinamikasini tahlil qilish va faoliyat turini boshqarishda eng maqbul iqtisodiy- matematik modellarni ishlab chiqish va baholash zarurati bilan bogʻliq. Kichik tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq muammolarni tahlil qilishda turli xil ekonometrik modellardan foydalanish mumkinligini hisobga olib, biz bunday modellarning ayrimlarini qoʻllashni lozim deb topdik. Tadqiqotning maqsadi kichik tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini modellashtirish va prognoz parametrlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot obyekti sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati tanlangan. Axborot manbasi sifatida respublika va xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari, hamda respublika va hudud statistika idoralari maʼlumotlari xizmat qiladi. Tadqiqotdan kutilayotgan natija oʻrganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning zamonaviy qonuniyatlarini ochib berish, ularning holatini ARIMA modelidan foydalangan holda asoslashdan iborat. Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida kichik tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bilan bogʻliq 2028-yilgacha boʻlgan prognoz parametrlari aniqlangan.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2025-11-03

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.