“MATEMATIK ANALIZ VA MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARINING ZAMONAVIY MASALALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
Termiz davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida 2026-yil 21–22-sentyabr kunlari “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i asosida tashkil etilmoqda.
Konferensiyaning asosiy maqsadi matematika va unga bog‘liq zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda oliy ta’lim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va ilmiy yutuqlar almashinuvini ta’minlashdan iborat.
Konferensiya sho‘balari
- Buziluvchan, aralash va kasr tartibli xususiy hosilali tenglamalar;
- Matematik fizikaning noklassik masalalari;
- Dinamik sistemalar va optimal boshqarish;
- Algebra, analiz va geometriyaning zamonaviy masalalari;
- Sonli usullar va matematik modellashtirish;
- Sun’iy intellektning istiqbolli texnologiyalari.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Muhim sanalar
25-avgust 2026-yil — anjuman ishtirokchisi anketasini tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishning oxirgi muddati.
5-sentyabr 2026-yil — rasmiy taklifnoma olish yoki onlayn ma’ruza qilish istagini bildirishning oxirgi muddati.
10-sentyabr 2026-yil — ro‘yxatdan o‘tish va konferensiya materiallarini qabul qilishning oxirgi kuni.
15-sentyabr 2026-yil — anjuman dasturini e’lon qilish va onlayn ishtirokchilar uchun ZOOM havolasini taqdim etish.
21-sentyabr 2026-yil — konferensiyaning ochilishi va yalpi majlis.
22-sentyabr 2026-yil — sho‘ba yig‘ilishlari va konferensiyaning yopilishi.
Materiallarni taqdim etish tartibi
Konferensiya materiallari to‘plami elektron shaklda nashr etiladi va mualliflardan ishtirok badali talab etilmaydi.
Materiallarni yuborish:
Telegram bot: @TerDU_KONFERENTSIYA_bot
Elektron pochta: choriyevas@tersu.uz
Konferensiyada onlayn ma’ruza bilan ishtirok etish imkoniyati ham mavjud. Onlayn ishtirokchilar uchun ZOOM havolasi 2026-yil 15-sentyabrgacha taqdim etiladi.
Konferensiya manzili
190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy,
Termiz davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti binosi.
Murojaat uchun
Batafsil
Allakov Ismail: +998 90 519 75 76
Choriyeva Sanam: +998 97 350 03 14
Bozorov Jo‘rabek: +998 90 123 19 06
Hurmatli olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh izlanuvchilar!
Sizni mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etishga, ilmiy natijalaringizni taqdim etishga hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga taklif etamiz.