“MATEMATIK ANALIZ VA MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARINING ZAMONAVIY MASALALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Termiz davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida 2026-yil 21–22-sentyabr kunlari “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i asosida tashkil etilmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi matematika va unga bog‘liq zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda oliy ta’lim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va ilmiy yutuqlar almashinuvini ta’minlashdan iborat.

Axborot xati

Konferensiya sho‘balari

  1. Buziluvchan, aralash va kasr tartibli xususiy hosilali tenglamalar;
  2. Matematik fizikaning noklassik masalalari;
  3. Dinamik sistemalar va optimal boshqarish;
  4. Algebra, analiz va geometriyaning zamonaviy masalalari;
  5. Sonli usullar va matematik modellashtirish;
  6. Sun’iy intellektning istiqbolli texnologiyalari.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Muhim sanalar

25-avgust 2026-yil — anjuman ishtirokchisi anketasini tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishning oxirgi muddati.

5-sentyabr 2026-yil — rasmiy taklifnoma olish yoki onlayn ma’ruza qilish istagini bildirishning oxirgi muddati.

10-sentyabr 2026-yil — ro‘yxatdan o‘tish va konferensiya materiallarini qabul qilishning oxirgi kuni.

15-sentyabr 2026-yil — anjuman dasturini e’lon qilish va onlayn ishtirokchilar uchun ZOOM havolasini taqdim etish.

21-sentyabr 2026-yil — konferensiyaning ochilishi va yalpi majlis.

22-sentyabr 2026-yil — sho‘ba yig‘ilishlari va konferensiyaning yopilishi.

Materiallarni taqdim etish tartibi

Konferensiya materiallari to‘plami elektron shaklda nashr etiladi va mualliflardan ishtirok badali talab etilmaydi.

Materiallarni yuborish:
Telegram bot: @TerDU_KONFERENTSIYA_bot
Elektron pochta: choriyevas@tersu.uz

Konferensiyada onlayn ma’ruza bilan ishtirok etish imkoniyati ham mavjud. Onlayn ishtirokchilar uchun ZOOM havolasi 2026-yil 15-sentyabrgacha taqdim etiladi.

Konferensiya manzili

190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy,
Termiz davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti binosi.

Murojaat uchun

Batafsil

Allakov Ismail: +998 90 519 75 76
Choriyeva Sanam: +998 97 350 03 14
Bozorov Jo‘rabek: +998 90 123 19 06

Hurmatli olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh izlanuvchilar!

Sizni mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etishga, ilmiy natijalaringizni taqdim etishga hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga taklif etamiz.