TERMIZ–HIROT YO‘NALISHI: XIX ASR OXIRIDA IMPERIYALARARO STRATEGIK RAQOBAT MAYDONI
Kalit so‘zlar:
Katta o‘yin, Termiz, Hirot, Amudaryo, Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya, temiryo‘l geopolitikasi, chegara hududlari, harbiy logistika, Markaziy OsiyoAbstrak
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuz bergan geosiyosiy jarayonlar doirasida Termiz–Hirot yo‘nalishining harbiy, iqtisodiy va strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot “Katta o‘yin” kontekstida Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi raqobatni hududiy infratuzilma, transport yo‘llari, savdo tizimi va harbiy joylashuvlar orqali yoritishga qaratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mazkur yo‘nalish harbiy logistika, iqtisodiy kirib borish va siyosiy nazorat kesishgan murakkab strategik makon sifatida shakllangan.