ORTOFOSFAT KISLOTASI , MELAMIN , PENTAERITRIT, MOCHEVINA VA RUX OKSIDI ASOSIDA ANTIPIRENLAR SINTEZI VA ULARNI FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARNI TADQIQ ETISH
Kalit so‘zlar:
Antipiren, intumescent tizim, ortofosfat kislota, pentaeritrit, melamin, mochevina, rux oksidi, fosfor–azot sinergiyasi, TGA/DTA, IQ-spektroskopiya, termal barqarorlik, mirlanish qatlami, to‘qimachilik materiallariAbstrak
Mazkur ishda ortofosfat kislotasi asosida pentaeritrit, melamin, mochevina va rux oksidi ishtirokida yangi avlod oligomer intumescent antipiren sintez qilindi hamda uning fizik-kimyoviy va termik xossalari kompleks tadqiq etildi. Antipiren sintezi uch bosqichli mexanizm asosida amalga oshirilib, eterifikatsiya, aminoliz va ZnO bilan kompleks hosil bo‘lish jarayonlari orqali tarmoqlangan fosfor–azotli struktura shakllanishi ta’minlandi. Sintezlangan FB-4 antipirenining tuzilishi IQ-spektroskopiya yordamida tasdiqlandi hamda fosfat efirlari, P–N bog‘lari va Zn–O fragmentlarining mavjudligi aniqlandi. Termogravimetrik (TGA/DTA) tahlillar antipirenning uch bosqichli termik degradatsiyaga ega ekanini va yuqori haroratlarda barqaror, uglerodga boy ko‘mir qatlam hosil qilishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar FB-4 antipirenining yuqori termal barqarorligi, ekologik xavfsizligi va to‘qimachilik materiallarining yong‘inga chidamliligini oshirishdagi istiqbolliligini tasdiqlaydi.