Dietanolaminning karbonil birikmalar bilan reaksiyalari (Tahliliy sharh)
Kalit so‘zlar:
dietanolamin, karbonil birikmalar, nukleofil birikish, oksazolidinlar, halqalanish, sirt faol moddalarAbstrak
Maqolada dietanolaminning aldegid va ketonlar bilan o'zaro ta'sir reaksiyalarining mexanizmlari hamda sintez qilish imkoniyatlari, jarayonda amin (-NH-) va gidroksil (-OH) guruhlarining karbonil markazlariga nukleofil birikishi, oksazolidin halqasi hosil bo'lish qonuniyatlari tahlil qilingan. Turli katalizatorlar ishtirokida, erituvchisiz, mikroto'lqinli sharoitlarda reaksiyalarni o'tkazish metodologiyasi keltirilgan, sintez qilingan moddalarning amaliy istiqbollari baholangan.