MONO AKVO, MONO FENANTROLINO, BIS (5-FTORO 2-NITRO BENZOY KISLOTA) NING Cu(II) TARKIBLI ARALASH LIGANDLI KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA TADQIQOTI
Kalit so‘zlar:
5- ftor 2-nitrobenzoy kislotasi, Cu(II) ioni, 1,10-fenantrolin, Hirshfeld sirti tahlili, distillangan suv, etanolAbstrak
Ushbu maqolada Cu(II) ionining 5- ftor 2-nitrobenzoy kislota va 1,10-fenontrolin ishtirokida aralash ligandli kompleks birikmani sintez qilish usuli keltirildi hamda ushbu kompleks birikmaning molekulyar va kristall tuzilishlari rentgen tuzilish tahlili (RTT) usuli yordamida tahlil qilindi. Olingan tahlil natijalariga ko‘ra mono akvo, mono fenantrolino, bis (5-ftoro 2-nitro benzoy kislota) ning Cu(II) kompleksining singoniyasi triklinik, kristallarning elementar yacheyka parameterlari quyidagicha: fazoviy guruhi P 21/c, a=7.7468(6) Å, b= 12.6110(7) Å, a= 73.135(5)°, β=84.764(5)°, V=21259.57(15) Å3 larda bo‘lishi rentgen tuzilish tahlili yordamida aniqlandi. Ushbu birikma tarkibidagi molekulalar-aro tasirlashish xususiyatlarini o‘rganish uchun crystall explorer 17.5 dasturi yordamida Hirshfeld sirti tahlillari amalga oshirildi.