O‘RTA OSIYO XALQLARI MADANIYATIDA OT: TARIXIY MANBALAR VA TIPOLOGIK TALQIN
Kalit so‘zlar:
O‘rta Osiyo, ot turlari, tarixiy manbalar, morfologik tasnif, xalq e’tiqodlari, otlarning xulqiy tiplari, marosimiy timsollarAbstrak
Mazkur maqolada O‘rta Osiyoda qadimdan mavjud bo‘lgan ot turlarining shakllanishi, ularning biologik va morfologik xususiyatlariga ko‘ra tasnifi hamda tarixiy manbalarda aks etishi tahlil qilinadi. Qadimgi yozma yodgorliklar, arxeologik topilmalar va numizmatik materiallar asosida ot yetishtirish madaniyati va uning ijtimoiy-harbiy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda xitoy solnomalari, yunon-rim, arab va fors manbalari solishtirilib o‘rganilgan. Natijada qadimiy ot turlari mintaqa iqtisodiyoti, madaniyati va siyosiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgani asoslab berilgan.