BRONZA DAVRIDA TURON HUDUDIDAGI MIGRATSIYON JARAYONLAR: zamonaviy tadqiqotlar (2018–2024) tahlili
Kalit so‘zlar:
Turon, bronza davri, migratsiya, migratsion jarayonlar, aloqa yo‘llari, innovatsiya, o‘troq, ko‘chmanchiAbstrak
Mazkur maqolada Turon hududining bronza davriga oid ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, o‘troq dehqonchilik madaniyatlari hamda chorvador-ko‘chmanchi jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning natijasida yuzaga kelgan madaniy sintez jarayonlari ilmiy asosda yoritib beriladi. Tadqiqotda migratsion jarayonlar asosiy omillardan biri sifatida ko‘rib chiqilib, ularning kelib chiqish sabablari, harakat yo‘nalishlari hamda hududlararo madaniy integratsiyaga ko‘rsatgan ta’siri tahlil etiladi. Ayniqsa, Turonning janubiy hududlariga aholining kirib kelishi va bu jarayonning o‘troq hamda chorvador madaniyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy almashinuv, texnologik uzatish va madaniy o‘zaro ta’sirni kuchaytirishdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, migratsiya natijasida yuzaga kelgan madaniy qorishuvlar va ularning arxeologik materiallarda aks etishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.