SOPOLLI MADANIYATI AHOLISI KUNDALIK TURMUSH TARZI: OVQATLANISH RATSIONI, KASALLIK VA JAROHATLAR (ANTROPOLOGIK, ARXEOBOTANIK VA ARXEOZOOLOGIK MANBALAR ASOSIDA)
Ключевые слова:
paleoekonomika, skolioz, gaymarid, osteomielit, odontologiya, kareys, suli, tariq, qabr, ziroatchilikАннотация
Ushbu maqolada o‘tgan asrning 70-yillaridan to hozirga qadar arxeologik tadqiqotlar davomi-
da qazib qo‘lga kiritilgan Sopolli madaniyatining paleoantropologik, arxeobotanik va arxeozoologik
manbalari ustida olib borilgan ilmiy tahlillar natijasida aniqlangan aholining biologik va jismoniy
holati, ularning kunlik ovqatlanish ratsioni, turli xildagi kasallik hamda jarohatlari haqida so‘z yu-
ritiladi. Qolaversa, odontologik tadqiqotlar asosida bronza davri aholisining ijtimoiy mashg‘ulotlari,
ularning tibbiy darajasi, oziq-ovqat iste’mol maxsulot turlari yoritilib berilgan. Maqolada yana chor-
vachilik yo‘li bilan boqilgan xonaki va ovchilik kundalik mashg‘ulotlari asosida ovlangan yovvoyi
hayvonlarning odamlar hayotidagi o‘rni, ularning insonlar oziq-zanjiridagi ahamiyati, shuningdek,
yetishtirilgan donli ekinlarning kunlik taqsimoti kabi masalalar haqida so‘z yuritiladi.