SOPOLLI MADANIYATI AHOLISI KUNDALIK TURMUSH TARZI: OVQATLANISH RATSIONI, KASALLIK VA JAROHATLAR (ANTROPOLOGIK, ARXEOBOTANIK VA ARXEOZOOLOGIK MANBALAR ASOSIDA)

Mualliflar

  • Turdiyev J., tayanch doktorant Termiz davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

paleoekonomika, skolioz, gaymarid, osteomielit, odontologiya, kareys, suli, tariq, qabr, ziroatchilik

Abstrak

Ushbu maqolada o‘tgan asrning 70-yillaridan to hozirga qadar arxeologik tadqiqotlar davomida qazib qo‘lga kiritilgan Sopolli madaniyatining paleoantropologik, arxeobotanik va arxeozoologik manbalari ustida olib borilgan ilmiy tahlillar natijasida aniqlangan aholining biologik va jismoniy holati, ularning kunlik ovqatlanish ratsioni, turli xildagi kasallik hamda jarohatlari haqida so‘z yuritiladi. Qolaversa, odontologik tadqiqotlar asosida bronza davri aholisining ijtimoiy mashg‘ulotlari, ularning tibbiy darajasi, oziq-ovqat iste’mol maxsulot turlari yoritilib berilgan. Maqolada yana chorvachilik yo‘li bilan boqilgan xonaki va ovchilik kundalik mashg‘ulotlari asosida ovlangan yovvoyi hayvonlarning odamlar hayotidagi o‘rni, ularning insonlar oziq-zanjiridagi ahamiyati, shuningdek,  yetishtirilgan donli ekinlarning kunlik taqsimoti kabi masalalar haqida so‘z yuritiladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2025-07-30