SURXON VOHASINING SIRLI ICHIMLIGI: HAOMA TRANSFORMATSIYASI
Kalit so‘zlar:
Surxon vohasi, Sopolli madaniyati, Jarqo‘ton ibodatxonasi, Avesta, haoma kultiAbstrak
Mazkur maqolada Surxon vohasining bronza davri Sopolli madaniyati xalqlari diniy – mafkuraviy hayotida haoma marosimining paydo bo‘lishi, uning oddiy ritualdan ijtimoiy - siyosiy ahamiyatdagi kult darajasiga ko‘tarilishi arxeologik moddiy manbalar misolida tahlil qilindi. Shuningdek, zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesta” asosida Surxon vohasining diniy qarashlardagi transformatsiyon jarayonlar batafsil yoritilgan.