SANOAT CHIQINDILARI MIKROKREMNEZYOM VA YUQORI PORTLANDSEMENT
Kalit so‘zlar:
faollashtirilgan mikrokremnezyom, puzalonik, gidrotatsiya, modifikatsiya, polikarboksilat, seolit, superplastifikatorAbstrak
Tadqiqot maqsadi. Sementga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli,
yuqori sifatli sement ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Olib
borilgan tadqiqotimizda sement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan klinker sarfini kamaytirgan holda, sementning mustahkamligini oshirishdan iborat.
Tadqiqot metodlari. Bunda klinker sarfini kamaytirish va sement mustahkamligini oshirish uchun aktivlangan mikrokremnezyom, seolit va yangi polikarboksilatli superplastifikatordan foydalanish samarali nati-
ja berdi.
Tadqiqot natijalari. Bunda aktivlangan mikrokremnezyom
tarkibidagi Si sement gidrotat-siyasi natijasida hosil bo‘lgan
Ca(OH)2 bilan ikkilamchi gidro-tatsiyaning yaxshi borishini
ta’minlaydi. Superplastifikator esa sement zarralarining tarqal-
ishini yaxshilaydi va suv sarfini kamaytiradi. An’anaviy sementga
aktivlangan mikrokremnezyom va seolitdan 10% qo‘shimcha
qo‘shilib olingan sement namu-nalarining siqilishga bo‘lgan
mustahkamligi 2, 7 va 28 kunlik namunalarda o‘rganilgan.
Xulosa. Olingan natijalarda an’anaviy sement namunasiga
nisbatan 10% faollashtirilgan mikrokremnezyom va seo-
lit qo‘shilgan sement kompoziti namunasining siqilishga
bo‘lgan mustahkamligi yuqori ekanligi aniqlandi.