Qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan gidrogellarni modifikatsiyalangan kraxmal asosida olinishi va xossalari

Mualliflar

  • Sanjar Samadov — tayanch doktorant Termiz davlat universiteti Muallif
  • Xayit Turayev — k.f.d., prof. Termiz davlat universiteti Muallif
  • Baxodir Xolnazarov — t.f.d., dots., TerDU Termiz davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

bo'kuvchanlik darajasi, minerallar, tabiiy polisaxarid, akril kislota va akrilamid, karbamid

Abstrak

Ushbu tadqiqot ishida qishloq xo'jaligida kraxmal fosfat-(akril kislota-akrilamid)/karbamid/perlit/apatit asosida sintez qilingan gidrogelning distillangan suvda, turli pH muhitlarida hamda tuzli eritmalarda (NaCl, Na2SO4, MgSO4 va CaCl2) bo'kuvchanlik darajasi hamda gidrogelning qayta foydalanish barqarorligi o'rganildi. Shuningdek, sintez qilingan gidrogellarning fizik-kimyoviy xossalari termogravimetrik tahlil (TGA) va rentgen-faza tahlil (XRD) usullari yordamida o'rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, gidrogel tarkibiga tabiiy mineral komponentlarni kiritish mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bir qatorda, uning ekologik xavfsizligini ham sezilarli darajada oshiradi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-29

Qanday keltirish kerak

Samadov, S., Turayev, X., & Xolnazarov, B. (2026). Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan gidrogellarni modifikatsiyalangan kraxmal asosida olinishi va xossalari. TerDU Xabarlari, 1(4), 60-65. https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/149

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

1-10 dan 82

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.