SURXON VOHASI O‘YINLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR
Abstrak
Maqola Surxon vohasi xalq anʼanaviy oʻyinlarining uzoq tarixiy ildizlari, rivojlanishi va bugungi ahamiyatini yoritadi. Oʻzbek xalq oʻyinlari ibtidoiy jamiyatdan boshlab mehnat, hayot tarzi va madaniy meros asosida shakllangan boʻlib, jismoniy, ruhiy va aqliy tarbiyada muhim rol oʻynagan. Surxon vohasi oʻyinlari uchta asosiy guruhga ajratiladi: predmet vositasidagi oʻyinlar, predmetsiz oʻyinlar hamda mukofot tikiladigan musobaqalar. Oʻyinlar mavsumiy xususiyatga ega boʻlib, dehqonchilik va chorvachilik faoliyatiga xoslangan. Maqola Surxon vohasi aholisining kundalik hayoti, urf-odatlari va eʼtiqodlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan milliy oʻyinlarning etnologik-tarixiy ahamiyatini ochib beradi.