RAQOBATBARDOSH MINTAQA IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSSION-INVESTITSION YONDASHUV
Kalit so‘zlar:
investitsiyalar, innovatsion-investitsion model, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o'sish, investitsiya muhit, Porter modeliAbstrak
Maqolada innovatsion-investitsion model mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida tahlil qilinadi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, investitsiya jalb qilish va ulardan samarali foydalanish hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, investitsiya faolligi infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish va raqobatbardoshlikni oshirishning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, investitsion muhitni yaxshilash va innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish orqali mintaqaning iqtisodiy o‘sishi jadallashtirilishi mumkin. Porterning raqobat ustunliklari rombi modeli asosida mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan konseptual model ishlab chiqildi. Maqolada investitsiyalarni samarali boshqarish, iqtisodiy o'sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar va innovatsion-investitsion strategiyaning ustuvor yo'nalishlari ko‘rib chiqilgan.