JANUBI-G‘ARBIY HISOR FLORASIDA TARQALGAN SCUTELLARIA L. (LAMIACEAE) KAMYOB TURLARI ZAMONAVIY HOLATI
Kalit so‘zlar:
Janubi-G‘arbiy Hisor, endem, tahlil, hudud, tur, turkum, areal, gerbariy, botanik-geografik rayon, flora, fondAbstrak
Maqolada Janubi-G‘arbiy Hisor florasida tarqalgan Scutellaria L. turkumining kamyob turlarining zamonaviy holati o‘rganilgan. Tadqiqotning dolzarbligi mintaqada uchraydigan endem va muhofazaga muhtoj turlarni saqlash zarurati bilan izohlanadi. Dala tadqiqotlari, gerbariy materiallari (TASH, LE, MW, TAJ, AA) hamda raqamli ma’lumotlar bazalari asosida turlarning tarqalishi va muhofaza maqomi baholandi. Natijada turkumning 17 turi, jumladan 3 ta O‘zbekiston endemi va 4 ta Qizil kitob turi aniqlandi. Janubi-G‘arbiy Hisor Scutellaria turlarining xilma-xilligi va endemizmini saqlashda muhim floristik markaz ekanligi ko‘rsatildi.