G‘O‘ZA NAVLARINING GULLASH–KO‘SAKLASH FAZASIDA BARG YUZASI KO‘RSATKICHLARI VA ULARNING FOTOSINTETIK AHAMIYATI
Kalit so‘zlar:
G‘o‘za o‘simligi, gullash-ko‘saklash fazasi, barg yuzasi, barglar soniAbstrak
Mazkur maqolada turli g‘o‘za navlari va liniyalarida barg sathining shakllanishi hamda uning fotosintetik potensial bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqotlarda gullash–ko‘saklash fazasida barg soni va barg yuzasi ko‘rsatkichlari aniqlanib, navlar kesimida morfometrik tahlil amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, g‘o‘za navlari barg soni va umumiy barg yuzasi bo‘yicha sezilarli farqlanishi qayd etildi. Eng yuqori barg yuzasi Buxoro-102 (1779 sm²) va Istiqlol-14 (1717 sm²) navlarida aniqlanib, ushbu navlarning fotosintetik apparati yaxshi rivojlanganligi kuzatildi. Barg soni yuqori bo‘lgan ayrim navlarda umumiy barg yuzasining nisbatan pastligi barg plastinkasi o‘lchamlaridagi farqlar bilan izohlanadi.