PLASTIK GILLI TOG‘ JINSLARI HOLATINING BARQARORLIGIGA BURG‘ILASH ERITMALARINING TA’SIRINI KOMPLEKS
Kalit so‘zlar:
plastik gil, burg‘ilash eritmasi, gidratatsiya, ingibirlash, poliglikol, poliakrilamid, natriy formiat, filtratsiya, quduq stvoli barqarorligiAbstrak
Maqolada plastik gilli tog‘ jinslarining burg‘ilash jarayonida barqarorligini ta’minlashda suv asosli burg‘ilash eritmalarining gidratatsion, reologik va filtratsion ta’siri kompleks baholandi. Plastik gillarning asosiy muammosi shundaki, ular oddiy mexanik yemirilishdan tashqari, suv molekulalari, ionlar va polimer zanjirlari bilan ko‘p bosqichli fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sirga kirishadi; natijada bo‘kish, dispersiyalanish, yoriqlar kengayishi, quduq devorining qisilishi va stvolning torayishi yuzaga keladi. Tadqiqotda gidrolizlangan poliakrilamid asosidagi PBR, GLYCOL-POLYPAC polimerglikolli tizimi, past molekulyar natriy poliakrilatning glitserin bilan birikmasi, depolimerlangan kremnezem gidrati hamda natriy formiat bilan ingibirlangan SKIF/SKIF+ turidagi eritmalar bo‘yicha mavjud laboratoriya va amaliy ma’lumotlar tahlil qilindi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, faqat yuqori qovushqoqlik yoki filtratsiya hajmini kamaytirish plastik gillar barqarorligi uchun yetarli mezon emas; optimal natija gidratatsiyani kimyoviy ingibirlash, filtrat kirishini cheklash, dispers zarrachalarni polimer ko‘priklari orqali bog‘lash va quduq devorida zich kolloid qobiq hosil qilish mexanizmlarining muvozanatli uyg‘unlashuvi orqali yuzaga keladi. Maqolada burg‘ilash eritmasi samaradorligini baholash uchun bo‘kish indeksi, filtratsion xavf koeffitsiyenti, barqarorlik vaqti hamda reologik-funktsional ko‘rsatkichlar majmuasidan foydalanish taklif etildi