QOʻYLARNING HAZM ORGANLARI TIZIMI GELMINTOFAUNASINING FAUNISTIK-SISTEMATIK TAHLILI
Kalit so‘zlar:
Ovis aries, gelmintofauna, cestoda, trematoda, nematoda, geogelmintlar, biogelmintlar, profilaktika, SurxondaryoAbstrak
Surxondaryo viloyati sharoitida 2025 yil kuz-qish hamda 2026 yil bahor mavsumida qoʻylarning (Ovis aries) hazm organlari sistemasi gelmintofaunasi oʻrganilgan. Hazm organlari tizimida gelmintlarning 3 sinfiga mansub 28 turi aniqlandi: Cestoda - 6 tur, Trematoda - 3 tur, Nematoda - 19 tur. Qoʻylarning gelmintlar bilan zararlangan darajasi 94,4% ni tashkil etdi. Dominant gelmintozlar sifatida moniezioz, fastsioloz, dikrotslelioz, nematodiroz, marshallagiyoz va gemonxoz qayd etildi. Dominanant turlar uchun bioekologik profilaktika tavsiyalari ishlab chiqildi.