SURXONDARYO VILOYATI OLMA BOG‘LARIDA ANGUINIDAE NIKOLL, 1935 (NEMATODA: TYLENCHIDA) OILASIGA MANSUB NEMATODALARNING TARQALISHI
Kalit so‘zlar:
Surxondaryo viloyati, olma bog‘lari, nematoda, turlar tarkibi, taksonomiyaAbstrak
Maqolada Surxondaryo viloyati olma bog‘larida Anguinidae Nikoll, 1935 oilasiga mansub nematodalarning turlar tarkibi, taksonomiyasi va tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida olma o‘simligining ildiz tizimi va ildiz atrofidagi tuprog‘ida Anguinidae oilasiga kiruvchi 6 turdagi nematodalar aniqlangan bo‘lib, ular 2 ta kenja oilaga va 2 ta avlodga mansubligi qayd etilgan.