Surxondaryo viloyatida kuzatiladigan chang (Afg‘on shamoli) bo'ronlari vaqtida havodagi chang miqdorini monitoring qilish va baholash

Mualliflar

  • Maxammadiyev Asadulla Sharofiddinovich, TerDU assistenti. Termiz davlat universiteti Muallif
  • Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doctori, professor Termiz davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlari, chang boʻronlari, chang konsentratsiyasi, chang zarralarining havodagi miqdori, Afg'on shamoli

Abstrak

Hozirgi vaqtda bir qancha jahon mamlakatlarida kuzatiladigan chang boʻronlarining ta’siri ortib borayotganligi ekologik mammolardan biriga aylanib boʻldi. Atmosferadagi mayda donador 100 millimikrondan kichikroq boʻlgan qattiq yoki suyuq zarralardan iborat chang zarralarining atrof-muhitga ta’siri oʻrganildi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) tadqiqotlariga koʻra, har kubometr uchun 10 millimetrik chang konsentratsiyasi insonlarga oʻlim xavfini tugʻdiradi. Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlarida kuzatiladigan mahalliy tilda “Afgʻon shamoli” ta’sirida yuzaga keladigan chang boʻronlari vaqtida 2,5, 5 va 10 mkmli chang zarralarining havodagi miqdorining ortishi hamda noqulay ekologik sharoit keltirib chiqarishini toʻrtta asosiy tadqiqot ustuvorligi asosida oʻrgandik. Surxondaryo viloyatining bir nechta hududlaridagi chang boʻronlarini monitoring qilish oraqali ilmiy tadqiqot ishini olib bordik.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2025-10-17