Piperazinni modifikatsiyalash orqali CO2 gazini yutish xossasini o'rganish

Mualliflar

  • Sarvarbek Tursunov — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Muallif
  • Sahomiddin Xodjamkulov — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Muallif
  • Mas'ud Karimov — Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Muallif

Kalit so‘zlar:

silikogel, piperazin, piperazin bilan modifikatsiyalash, karbonat angidrid, CO2 adsorbsiyasi, aminli sorbent, FTIR, IQ-spektroskopiya, TGA-DTA, Si-O-Si, termik barqarorlik

Abstrak

Ushbu tadqiqotda natriy ortosilikat asosida sintez qilingan silikogelni piperazin bilan modifikatsiyalash va olingan materialning fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholash maqsad qilingan. Silikogel kislotali muhitda gel hosil qilish, yuvish va termik ishlov berish bosqichlari orqali sintez qilindi. Shundan so'ng piperazin yordamida funksionallashtirildi. Modifikatsiyalangan namunaning tuzilishi va termik xossalari IQ-spektroskopiya hamda TGA-DTA usullari yordamida o'rganildi. FTIR tahlilida 1047,35 va 800,46 sm-1 sohalardagi signallar Si-O-Si karkasining saqlanganligini, 1562,34 sm-1 dagi signal esa piperazin tarkibidagi N-H guruhlari bilan bog'liq tebranishlarni ko'rsatdi. 1458,18 va 1388,60 sm-1 sohalardagi signallar piperazin halqasidagi -CH2- guruhlarining deformatsion tebranishlari bilan izohlandi. TGA–DTA natijalarida 70-180 °C oralig'ida nisbatan yuqori termik barqarorlik, 180-300 °C oralig'ida esa asosiy termik o'zgarishlar qayd etildi. Ushbu jarayonlar piperazinli funksional markazlarning CO2 bilan o'zaro ta'siri va yuqori haroratda bog'langan shakllarning dissotsiatsiyasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Olingan natijalar piperazin bilan modifikatsiyalangan silikogelning CO2 ni adsorbsiyalash uchun istiqbolli sorbent sifatida qo'llanish imkoniyatiga ega ekanligini ko'rsatdi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-29

Qanday keltirish kerak

Tursunov, S., Xodjamkulov, S., & Karimov, M. (2026). Piperazinni modifikatsiyalash orqali CO2 gazini yutish xossasini o’rganish. TerDU Xabarlari, 1(4), 54-59. https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/148

O'xshash maqolalar

11-20 dan 82

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.