Mang'itlar davrida rus qullari: siyosiy va strategik imkoniyat o'rtasida xatar
Kalit so‘zlar:
Buxoro amirligi, rus qullari, Mang'itlar, Rossiya imperiyasi, diplomatik munosabatlar, harbiy asirlar, siyosiy tahdid, tarixiy tahlilAbstrak
Mazkur maqolada Mang'itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligidagi rus qullarining huquqiy-ijtimoiy ahvoli, ularning kelib chiqishi, qul sifatida foydalanish yo'nalishlari hamda Rossiya imperiyasining mazkur muammoga munosabati tahlil etiladi. Xususan, rus qullari masalasida Rossiyaning harbiy-siyosiy emas, balki diplomatik yechimlar orqali ta'sir ko'rsatishga urinishlari va ular ortidagi strategik magsadlar yoritib beriladi. Shu bilan birga, manbalarda gayd etilgan ma'lumotlar asosida amirlikdagi rus fugarolarining ijtimoiy hayoti, rus qullarining qiymati, ishlatilish sohalari va taqdiri haqida ma'lumotlar berilgan. Maqola tarixiy-tahliliy, qiyosiy yondashuv va xronologik usullar asosida tayyorlangan bo'lib, Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o'rtasidagi munosabatlarning kam o'rganilgan jihatlarini ochib berishga qaratilgan.