Ikkilamchi polietilentereftalatdan olingan p-fenilendiamin asosida geteroatomli korroziya ingibitori sintezi

Mualliflar

  • O'ral Axmedov — TerDU Termiz davlat universiteti Muallif
  • Jaxongir Normurotov — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

p-fenilendiamin, oligomer, korroziya ingibitori, St20 po'lat

Abstrak

p-Fenilendiamin, formalin va monoxlorsirka kislota asosida geteroatomli oligomer tabiatli korroziya ingibitorini olish, komponentlar mol nisbatining mahsulot himoyalash xususiyatlariga ta'siri hamda sintez mahsulotining funksional va termik tavsiflari o'rganildi. p-Fenilendiamin:formalin:monoxlorsirka kislota nisbatlari 1:1:1, 2:2:1 va 1:2:2 ko'rinishida solishtirildi. St20 uglerodli po'latda aniqlangan himoyalash darajasi mos ravishda 82,22; 94,31 va 89,19% bo'lib, 2:2:1 mol nisbat eng samarali tarkib sifatida belgilandi. FTIR spektri azot va kislorod saqlovchi funksional fragmentlar hamda aromatik tuzilmalarga xos yutilishlarni ko'rsatdi. TGA/DTA natijalarida 38,22–389,44 °C oralig'ida 49,785%, 388,02–750,29 °C oralig'ida esa 32,444% massa yo'qotilishi qayd etildi. Olingan natijalar sintez qilingan oligomerning St20 po'latni korroziyadan himoyalashda istiqbolli ekanini ko'rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-29

Qanday keltirish kerak

Axmedov, O., & Normurotov, J. (2026). Ikkilamchi polietilentereftalatdan olingan p-fenilendiamin asosida geteroatomli korroziya ingibitori sintezi. TerDU Xabarlari, 1(4), 34-39. https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/145

O'xshash maqolalar

1-10 dan 26

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.