ZARDUSHTIYLIK SHAKLLANISHI DAVRIDA MARKAZIY OSIYONING TABIIY IQLIMI VA UNING DINIY TAFAKKURGA TA’SIRI
Kalit so‘zlar:
Zardushtiylik, tabiiy landshaft, Avesto, dualizm, Ariyanam Vaejah, diniy tafakkurAbstrak
Mazkur maqolada zardushtiylik shakllanishi davrida Markaziy Osiyoning tabiiy landshafti, iqlimi, suv manbalari va ekologik sharoitining diniy tafakkurga ta’siri tahlil qilinadi. Avesto ma’lumotlari hamda arxeologik topilmalar asosida tabiat unsurlarining muqaddaslashtirilishi, dualistik qarashlarning shakllanishi va zardushtiylikning tabiiy-geografik omillar bilan bog‘liqligi yoritiladi.