TURLI INTENSIVLIKDAGI JISMONIY YUKLAMALAR TA’SIRIDA SPORTCHILARDA KISLOTA-ISHQOR MUVOZANATI MARKERLARINING (PH, LAKTAT, BIKARBONAT) DINAMIK TAHLILI

Mualliflar

  • Shaydullayeva Zilola Shopulatovna, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi o‘qituvchisi O‘zbekiston davlat sport akademiyasi Muallif
  • Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi, Central Asian University dotsenti Central Asian University Muallif

Kalit so‘zlar:

jismoniy yuklama, kislota–ishqor muvozanati, qon pH, laktat, bikarbonat, metabolik atsidoz, sport fiziologiyasi, anaerob metabolizm, mineral almashinuv, korrelyatsion tahlil

Abstrak

Mazkur tadqiqot turli intensivlikdagi jismoniy yuklamalar ta’sirida sportchilarda qon pH, laktat va bikarbonat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini baholashga qaratilgan. Tadqiqotda 19–25 yoshdagi 163 nafar sog‘lom erkak ishtirokchi qatnashib, ular nazorat guruhi, og‘ir atletikachilar, futbolchilar va muaytay sportchilari guruhlariga ajratildi. Sportchilarda ko‘rsatkichlar mashg‘ulotdan oldin va jismoniy yuklamadan keyin aniqlanib, nazorat guruhida faqat tinch holatda baholandi. Natijalar statistik va korrelyatsion tahlil asosida baholandi. Natijalar sportchilarning 65% dan ortig‘ida jismoniy yuklamadan keyin metabolik atsidoz rivojlanganini ko‘rsatdi. Eng katta o‘zgarishlar og‘ir atletikachilarda, undan keyin muaytay sportchilarida qayd etildi. pH pasayishi laktat oshishi bilan kuchli manfiy, bikarbonat kamayishi bilan esa kuchli musbat korrelyatsiyaga ega ekanligi aniqlandi (p<0,05).

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-04-08

Qanday keltirish kerak

Shaydullayeva, Z., & Berdiyeva, D. (2026). TURLI INTENSIVLIKDAGI JISMONIY YUKLAMALAR TA’SIRIDA SPORTCHILARDA KISLOTA-ISHQOR MUVOZANATI MARKERLARINING (PH, LAKTAT, BIKARBONAT) DINAMIK TAHLILI. TerDU Xabarlari, 1(1). https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/75