BOYSUN KASHTACHILIGINING TARIXIY VA ZAMONAVIY RIVOJLANISHI

Mualliflar

  • Ikromjon Umarov. Termiz Davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Termiz davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

kashtachilik, milliy san’at, so‘zana, naqsh, an’ana, hunarmandchilik, madaniyat

Abstrak

O‘zbek kashtachiligi xalq amaliy san’atining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u milliy madaniyat, estetik qarashlar hamda xalqning asrlar davomida shakllangan badiiy tafakkurini o‘zida mujassam etadi. Ushbu san’at turi nafaqat bezak vazifasini bajaradi, balki o‘zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ma’naviy meros hisoblanadi. Kashtalarda aks etgan naqsh va ranglar orqali xalqning dunyoqarashi, tabiatga munosabati hamda ramziy tasavvurlari ifodalanadi. Mazkur maqolada kashtachilikning hududiy maktablari, xususan, Boysunda shakllangan kashtachilik an’analari, uning o‘ziga xos uslublari va badiiy xususiyatlari, kashtachilikda qo‘llaniladigan naqshlarning semantik ma’nolari o‘rganiladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-04-29

Qanday keltirish kerak

Umarov, I. (2026). BOYSUN KASHTACHILIGINING TARIXIY VA ZAMONAVIY RIVOJLANISHI. TerDU Xabarlari, 1(2). https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/97

O'xshash maqolalar

1-10 dan 20

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.