LOBACHEVSKIY TEKISLIGI KELI-KLEYN TALQININING SUN’IY INTELEKTGA ASOSLANGAN VIZUAL KOGNITIV METODLARI
Kalit so‘zlar:
Lobachevskiy geometriyasi, Keli-Kleyn modeli, sun’iy intellekt (AI), vizual-kognitiv metod, noyevklid geometriya, giperbolik fazo, interaktiv o‘qitish, matematik vizuallashtirish, Bloom’s Taxonomy, ta’lim texnologiyalariAbstrak
Ushbu maqolada noyevklid geometriyani, xususan Lobachevskiy geometriyasini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan. Talabalar uchun Evklid geometriyasidan noyevklid fazolarga o‘tish jarayonida yuzaga keladigan kognitiv qiyinchiliklar, ayniqsa parallellik va metrika tushunchalarini anglashdagi murakkabliklar tahlil qilingan. Keli-Kleyn modeli asosida “AI-Enhanced Projective Visualization (AEPV)” deb nomlangan vizual-kognitiv metodika taklif etilgan. O‘quv jarayoni Bloom’s Taxonomy asosida tahlil qilinib, har bir bosqichda sun’iy intellekt vositalarining roli yoritilgan.