Resurs tejamkor sug'orish sharoitida G. hirsutum L. va G.barbadense L. g'o'za navlarining transpiratsiya jadalligi va suvdan foydalanish samaradorligi
Kalit so‘zlar:
g'o'za, Gossypium hirsutum L., Gossypium barbadense L., transpiratsiya jadalligi, an'anaviy sug'orish, tomchilatib sug'orish, resurs tejamkor sug'orish, suvdan samarali foydalanishAbstrak
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida yetishtirilayotgan g'o'za navlarida suv almashinuvi jarayonining muhim ko'rsatkichi hisoblangan transpiratsiya jadalligining kunlik dinamikasi an'anaviy va resurs tejamkor sug'orish usullari sharoitida o'rganilgan. Sug'orish usullarini taqqoslash natijasida tomchilatib sug'orilgan variantda tuproq namligining ildiz zonasida barqarorroq ta'minlanishi g'o'za navlarining transpiratsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Navlarning sug'orish usullariga javobi turlicha bo'lib, bu ularning suv almashinuvi xususiyatlari va ekologik moslashuvchanligi bilan bog'liqligi kuzatildi. Olingan natijalar suvdan samarali foydalanish, g'o'zaning suvga bo'lgan ehtiyojini maqbullashtirish hamda resurs tejamkor sug'orish texnologiyalarini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.