JANUBIY O‘ZBEKISTON VOHA SIVILIZATSIYALARINING EKOLOGIK INQIROZI VA UNING JARQO‘TON HUDUDIGA TA’SIRI (BRONZA DAVRI MATERIALLARI ASOSIDA)
Kalit so‘zlar:
Markaziy Osiyo, Surxondaryo, Jarqo‘ton, voha sivilizatsiyasi, bronza davri, arxeobotanika, iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, agro-iqtisodiy tizim, transformatsiyaAbstrak
Markaziy Osiyo qadimdan sivilizatsiyalararo aloqalar va madaniy almashinuvda muhim o‘rin tutgan bo‘lib, uning quruq iqlimi va ekologik sezgirligi bu hududni inson–tabiat munosabatlarini o‘rganishda muhim ilmiy maydonga aylantiradi (1-rasm). Mazkur tadqiqotda Jarqo‘ton yodgorligidan olingan arxeobotanik, palinologik va barqaror izotop ma’lumotlari tahlil qilinadi. Natijalar miloddan avvalgi 4000-yildan keyingi davrda qishloq xo‘jaligi tizimi murakkablashganini hamda taxminan 3900 yil avval yuz bergan qurg‘oqchilik voha xo‘jaligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, uning transformatsiyasiga olib kelganini ko‘rsatadi.