Toluidin hosilalari asosida azot saqlovchi birikmalar sintezi va ularning FTIR hamda GC-MS usullarida identifikatsiyasi
Ключевые слова:
m-toluidin, benzaldegid, Shiff bazasi, imin, FTIR, GC-MS, azot saqlovchi birikmalarАннотация
Ushbu tadqiqotda m-toluidin va benzaldegid asosidagi ko'p komponentli reaksiya mahsulotlari sintez qilindi va spektral usullar yordamida tavsiflandi. Reaksiya sirka kislotasi, kaliy sianid va etanol muhitida olib borildi. Olingan mahsulot xloroform yordamida ekstraksiya qilinib, sariq kristall modda holida ajratib olindi. Mahsulotning tuzilishi FTIR va GC-MS usullari yordamida o'rganildi. Spektral tahlillar natijasida kutilgan aminonitril o'rniga Schiff bazasi tipidagi imin hosil bo'lgani aniqlandi. Moddaning suyuqlanish harorati 89,8–91,4 °C ni tashkil etdi. Olingan natijalar reaksiya muhitining mahsulot hosil bo'lish jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatishini tasdiqladi.