VIDEVDATDA KOHINLAR INSTITUTI VA UNING BOYSUN ETNOGRAFIK MUHITIDAGI TRANSFORMATSIYASI
Kalit so‘zlar:
Avesto, Videvdat, kohinlar tizimi, Boysun, Navro‘z, etnografiya, marosim, ZardushtiylikAbstrak
Mazkur maqolada Zardushtiylik diniy-falsafiy tizimining muhim manbasi bo‘lgan Avesto, xususan Videvdat matnida aks etgan kohinlar instituti qiyosiy va funksional yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozma manbalar tahlili bilan bir qatorda etnografik materiallar ham jalb etilib, qadimgi marosimiy tizimlarning zamonaviy madaniy muhitdagi strukturaviy davomiyligi o‘rganiladi. Boysun hududidagi marosimiy amaliyotlar kohinlar tizimi bilan tipologik jihatdan qiyoslanib, ularning jamoaviylik, funksional mehnat taqsimoti hamda ritual tartib bilan bog‘liq jihatlari ochib beriladi. Natijalar Zardushtiylik marosim tizimi murakkab iyerarxik tuzilishga ega bo‘lganini va uning ayrim elementlari O‘rta Osiyo etnografik an’analarida transformatsiyalangan holda saqlanib qolganini ko‘rsatadi.