Yangi turdagi nanotuzilishli metall oksidlarini olish va ularni sanoat oqova suvlarni tozalashda qo'llash
Kalit so‘zlar:
SEM-skanerlovchi elektron mikroskop, nanomateryal, sintez, spektroskopiya, UB-spektrofotometriya, TTIP-titan (IV) izopropoksidi, Raman tahlilAbstrak
Ushbu maqolada Ni/TO2 nanomaterialining zol-gel usulida sintezi hamda sintez sharoitiga turli omillarning ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot natijasida optimal sintez harorati va vaqti 500 °C haroratda 4 soat ekanligi aniqlandi. Dastlabki moddalarning mol nisbati (izopropil spirt: TTIP: suv: Ni(NO3)2*6H2O) 20:10:17:1 bo'lganda reaksiya unumi eng yuqori darajaga yetadi. Sintez qilingan yangi TiO2 nanomaterialiga nikel ionlarini kiritish orqali materialning kristall panjarasi va yuzasiga ta'siri o'rganildi. Natijada, fotokatalitik faollik bo'yicha eng samarali kompozit sifatida 3% Ni kiritilgan Ni/TiO2 nanomateriali aniqlandi. Skanerlovchi elektron mikroskop tasvirlar turli masshtablarda a-2 μm, b-5 μm, c-10 μm, d-20 μm tahlil qilindi. Yangi sintez qilingan 3% Ni kiritilgan Ni/TiO2 nanomateyalining EDX tahlil natijalariga ko'ra, ushbu tahlillar elementlarning spektral xususiyatlarini aniqladi, Ni kiritilgan namunaning nisbatlarini ko'rsatdi va EDX usuli yordamida materialning tarkibini o'rganildi. Yangi sintez qilingan 3% Ni kiritilgan Ni/TiO2 nanomateyalining Raman spektrlari tahlil cm-1 cho'qqilarida Ni dopingidan kelib chiqadigan biroz siljishlar paydo bo'ldi.