TURONNING BRONZA DAVRI ALOQA YO‘LLARI O‘RGANILISHIGA DOIR TARIXSHUNOSLIK TAHLILI
Kalit so‘zlar:
Turon, Andronovo madaniyati, Oks sivilizatsiyasi, aloqa yo‘llari, madaniy aloqalar, Amudaryo, innovatsiya, o‘troq dehqon, dasht, qalay, metalsozlikAbstrak
Turon hududi Yevrosiyo materigining markazidagi geografik hududning tarixiy atalishi bo‘lib, uning chegaralari tarixan g‘arbda Kaspiy dengizidan sharqda Yettisuv va Pomir tog‘ tizmalarigacha, shimolda janubiy rus dashtlari va Ural tog‘laridan janubda Amudaryogacha ba’zan esa Hindikush va Kopetdog‘ tog‘larigacha bo‘lgan tarixiy hududning nomidir. Turonning janubiy qismida bronza davrida o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan Oks sivilizatsyasi aholisi yashagan bo‘lsa, markaziy va shimoliy qismida asosiy xo‘jalik shakli ko‘chmanchi chorvachilikka ixtisoslashgan Andronovo madaniy-tarixiy hamjamiyati aholisi istiqomat qilgan. Ushbu maqolada Turon hududidagi aloqa yo‘llari masalasi arxeologik tadqiqotlar orqali fanga kiritilgan ma’lumotlarning tarixshunoslik tadqiqotlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan.