BOYSUN KASHTACHILIGINING TARIXIY VA ZAMONAVIY RIVOJLANISHI
Kalit so‘zlar:
kashtachilik, milliy san’at, so‘zana, naqsh, an’ana, hunarmandchilik, madaniyatAbstrak
O‘zbek kashtachiligi xalq amaliy san’atining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u milliy madaniyat, estetik qarashlar hamda xalqning asrlar davomida shakllangan badiiy tafakkurini o‘zida mujassam etadi. Ushbu san’at turi nafaqat bezak vazifasini bajaradi, balki o‘zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ma’naviy meros hisoblanadi. Kashtalarda aks etgan naqsh va ranglar orqali xalqning dunyoqarashi, tabiatga munosabati hamda ramziy tasavvurlari ifodalanadi. Mazkur maqolada kashtachilikning hududiy maktablari, xususan, Boysunda shakllangan kashtachilik an’analari, uning o‘ziga xos uslublari va badiiy xususiyatlari, kashtachilikda qo‘llaniladigan naqshlarning semantik ma’nolari o‘rganiladi.