VIDEVDATDA KOHINLAR INSTITUTI VA UNING BOYSUN ETNOGRAFIK MUHITIDAGI TRANSFORMATSIYASI

Mualliflar

  • Gulmira Murodova. Tayanch doktorant Termiz davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

Avesto, Videvdat, kohinlar tizimi, Boysun, Navro‘z, etnografiya, marosim, Zardushtiylik

Abstrak

Mazkur maqolada Zardushtiylik diniy-falsafiy tizimining muhim manbasi bo‘lgan Avesto, xususan Videvdat matnida aks etgan kohinlar instituti qiyosiy va funksional yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozma manbalar tahlili bilan bir qatorda etnografik materiallar ham jalb etilib, qadimgi marosimiy tizimlarning zamonaviy madaniy muhitdagi strukturaviy davomiyligi o‘rganiladi. Boysun hududidagi marosimiy amaliyotlar kohinlar tizimi bilan tipologik jihatdan qiyoslanib, ularning jamoaviylik, funksional mehnat taqsimoti hamda ritual tartib bilan bog‘liq jihatlari ochib beriladi. Natijalar Zardushtiylik marosim tizimi murakkab iyerarxik tuzilishga ega bo‘lganini va uning ayrim elementlari O‘rta Osiyo etnografik an’analarida transformatsiyalangan holda saqlanib qolganini ko‘rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-04-29

Qanday keltirish kerak

Murodova, G. (2026). VIDEVDATDA KOHINLAR INSTITUTI VA UNING BOYSUN ETNOGRAFIK MUHITIDAGI TRANSFORMATSIYASI. TerDU Xabarlari, 1(2). https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/109

O'xshash maqolalar

11-18 dan 18

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.