KOBALT-KALSIY FTALOSIANIN PIGMENTI SINTEZI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI TADQIQI

Mualliflar

  • Dilmurod Nabiyev Muallif
  • Xayit Turayev Muallif
  • Xurshid Eshmurodov Muallif

Kalit so‘zlar:

kobalt-kalsiy ftalosianin, pigment, sintez, IQ-spektroskopiya, UB-spektrofotometriya, termogravimetrik tahlil

Abstrak

Ushbu maqolada kobalt-kalsiy ftalosianin pigmentining sintezi hamda sintez sharoitiga turli omillarning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida optimal sintez harorati 185°C ekanligi aniqlandi. Dastlabki moddalarning mol nisbati (tereftal kislota : ftal angidrid : karbamid : kobalt(II) xlorid : kalsiy xlorid) 1:1:5:0,5:1 bo‘lganda reaksiya unumi eng yuqori darajaga yetadi. Sintez qilingan yangi pigmentning IQ-spektroskopik tahlili natijalariga ko‘ra, tegishli tebranishlar dastlabki moddalardagiga nisbatan o‘zgarganligi aniqlangan. UB-spektrofotometr yordamida 190-1100 nm to‘lqin uzunliklari oralig‘ida o‘lchashlar o‘tkazilib, har bir pigment uchun nur yutilishining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan. Yangi pigmentning termogravimetrik va differensial termik tahlil natijalariga ko‘ra, parchalanish uch bosqichda amalga oshadi: birinchi bosqichda bog‘lanmagan suv chiqadi, ikkinchi bosqichda organik qism parchalanib, CO, CO₂, NH₃ kabi gazlar ajraladi va metall karbonatlari, oksidlari hamda ko‘mir qoldiqlari hosil bo‘ladi, uchinchi bosqichda esa karbonatlarning parchalanishi kuzatilib, yakuniy mahsulot sifatida metall oksidlari va ko‘mir qoldiqlari qoladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-30

Qanday keltirish kerak

Nabiyev, D., Turayev, X., & Eshmurodov, X. (2026). KOBALT-KALSIY FTALOSIANIN PIGMENTI SINTEZI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI TADQIQI. TerDU Xabarlari, 1(3), 34-41. https://journals.tersu.uz/index.php/1/article/view/125

O'xshash maqolalar

31-40 dan 62

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.